Bu sohada keng koʻlamli islohotlar boshlangan davrdan beri kambagʻallik darajasi deyarli 3 barobar qisqardi.
2016-yilda ijtimoiy himoyaga byudjetdan 2 trillion soʻm sarflangan boʻlsa, 2024-yilga kelib, bu koʻrsatkich 9,8 barobar oshib, 20,3 trillion soʻmga yetdi. Ushbu mablagʻ YAIMning 1,4 foizini tashkil etmoqda. Bu raqamlar mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishga qanchalik katta hissa qoʻshilayotganini yaqqol ifoda etadi.
Prezidentimiz mazkur yangi tizimning oʻziga xos jihati va ahamiyati xususida toʻxtalar ekan, “Jamiyatimizda ijtimoiy adolat va inson qadrini taʼminlaymiz desak, bu yangi tizimni joylarda samarali ishlatib, muhtoj insonlarga madad va umid bagʻishlashimiz kerak”, degan edi.
Yurtimizda bu yoʻnalishdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dinamikasiga mos ravishda aholini ijtimoiy himoya qilish, samarali siyosat yuritishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Soʻnggi yillarda aholi uchun ajratilgan ijtimoiy yordam hajmi 5 barobar oshirilib, 2 milliondan ortiq oila ushbu ijtimoiy himoya dasturlari bilan qamrab olindi. Aholiga xizmatlar koʻrsatish sifatini tubdan oshirish hamda mazkur sohaga ilgʻor xalqaro standartlarga asoslangan mutlaqo yangi boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida oxirgi 2 yilda 47 ta qonunchilik hujjati, jumladan, 3 ta qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 6 ta farmoni va 12 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 26 ta qarori qabul qilindi.
Ushbu meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlarning mahalla darajasiga tushirilishini taʼminlash maqsadida 208 ta tuman (shahar)da “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Joylarda ijtimoiy xodim va assistenti lavozimi joriy etilib, har bir mahalladagi oila soni, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlarini inobatga olgan holda ijtimoiy xodimlar “hudud — uchastka — mahalla” tamoyili asosida biriktirildi. Bu chora-tadbirlar aholiga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish, ularni joylardagi sharoit va ehtiyojdan kelib chiqib maqsadli tashkil etish bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalari uchun yangi turdagi xizmatlarni joriy etish imkonini bermoqda.
Nogironligi bor insonlarning bandligini taʼminlash ijtimoiy himoya borasidagi chora-tadbirlarning ustuvor yoʻnalishlaridan. Bu borada poytaxtimizda anʼanaviy oʻtkazilayotgan “Inson uchun” respublika koʻrgazmasi muhim tadbirga aylanmoqda. Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, 2024-yilda oʻtkazilgan koʻrgazmada 250 dan ortiq tadbirkorlik subyekti ishtirok etgan. Shulardan 212 tasi nogironligi boʻlgan shaxslarni ish bilan taʼminlayotgan korxonalar. Koʻrgazmaga kelganlar tomonidan 300 million soʻmlik mahsulotlar sotib olingan. Davlat tashkilotlari, yirik korxonalar va tadbirkorlar oʻrtasida umumiy qiymati 440 milliard soʻmni tashkil etuvchi 900 ga yaqin xoʻjalik shartnomasi imzolangan.
Mazkur koʻrgazma joriy yilda ham yuqori saviyada tashkil etildi. Unda 150 ga yaqin tadbirkor, jumladan, nogironligi boʻlgan 14 hunarmand ishtirok etdi. Ular tomonidan mebel, toʻqimachilik, poyabzal, sport jihozlari, oziq-ovqat, maishiy texnika, poligrafiya va boshqa turdagi mahsulotlar namoyish etildi va savdoga chiqarildi.
Bugun mamlakatimizda nogironligi boʻlgan qariyb 169 ming bola bor. Ularni tibbiy-ijtimoiy himoyalash, taʼlimga yoʻnaltirish, bolaligidan kasb-hunar egallashi va ulgʻayib jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda 66 ta maxsus maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarida nogironlikning ogʻir turlariga ega bolalar uchun “Gʻamxoʻrlik” guruhlari tashkil etildi. Mazkur guruhlarga 500 dan ortiq bola yoʻnaltirilgan. Bu saʼy-harakatlar natijasida ularning ota-onasi yoki oʻrnini bosuvchi shaxslarga ijtimoiy hordiq chiqarish va biror mehnat faoliyati bilan shugʻullanish imkoniyati yaratilgan. “Gʻamxoʻrlik” guruhlari har bir bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, tarbiyalash va jamiyatga moslashishida oilaga yordam bermoqda.
Endi bu yoʻnalishdagi ishlar rivojlantirilib, nogironligi boʻlgan 3-18 yoshli bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini yoʻlga qoʻyish taklif etilmoqda. Unga bolalar ota-onalar bilan tuzilgan ijtimoiy shartnoma hamda psixologik, tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi asosida qabul qilinadi. Joriy yil yakuniga qadar ogʻir nogironligi boʻlgan 2 mingga yaqin bolani bu xizmatlar bilan qamrab olish rejalashtirilmoqda. Bu ularning onasi uchun ishlash va taʼlim olish kabi imkoniyat yaratib, oila farovonligiga xizmat qiladi.
Shuningdek, “Bolalar salomatligi” axborot tizimi ishga tushirilib, har bir farzandga qoʻyilgan tashxis tahlil qilib boriladi. Nogironligi bor bolalarga tibbiy, reabilitatsiya, taʼlim, ijtimoiy xizmatlar kompleks koʻrsatiladi. Bunday muassasalarga har bir bola uchun subsidiya va xaridlar uchun imtiyozli kredit ajratiladi. Kunduzgi parvarishlash xizmatidan foydalangani uchun ota-onalarning oyiga 3 million soʻmgacha toʻlovidan soliq olinmaydi.
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida bu jabhadagi ishlar koʻlami yanada kengaytirilmoqda. Xususan, professional ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish, nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizim hamda ular uchun qulay va maqbul muhit yaratish, bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish borasida keng qamrovli ishlar bajarilayotir.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi va ushbu yoʻnalishga ixtisoslashgan taʼlim tashkilotlari mutaxassis va pedagoglari, nogironligi bor insonlarning bandligini taʼminlashga hissa qoʻshayotgan tadbirkorlardan baʼzilarining shu yoʻnalishdagi islohotlar samarasi xususidagi fikrlari bilan qiziqdik.
Ushbu prinsiplar asosida ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimi yaratildi. Soha tubdan isloh qilindi, ijtimoiy yordamning aniq, maqsadli va manzilliligini taʼminlashga qaratilgan yangicha yondashuv va mexanizmlar joriy qilindi. Bu sohada keng koʻlamli islohotlar boshlangan davrdan beri kambagʻallik darajasi deyarli 3 barobar qisqardi.
2016-yilda ijtimoiy himoyaga byudjetdan 2 trillion soʻm sarflangan boʻlsa, 2024-yilga kelib, bu koʻrsatkich 9,8 barobar oshib, 20,3 trillion soʻmga yetdi. Ushbu mablagʻ YAIMning 1,4 foizini tashkil etmoqda. Bu raqamlar mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishga qanchalik katta hissa qoʻshilayotganini yaqqol ifoda etadi.
Prezidentimiz mazkur yangi tizimning oʻziga xos jihati va ahamiyati xususida toʻxtalar ekan, “Jamiyatimizda ijtimoiy adolat va inson qadrini taʼminlaymiz desak, bu yangi tizimni joylarda samarali ishlatib, muhtoj insonlarga madad va umid bagʻishlashimiz kerak”, degan edi.
Yurtimizda bu yoʻnalishdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dinamikasiga mos ravishda aholini ijtimoiy himoya qilish, samarali siyosat yuritishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Soʻnggi yillarda aholi uchun ajratilgan ijtimoiy yordam hajmi 5 barobar oshirilib, 2 milliondan ortiq oila ushbu ijtimoiy himoya dasturlari bilan qamrab olindi. Aholiga xizmatlar koʻrsatish sifatini tubdan oshirish hamda mazkur sohaga ilgʻor xalqaro standartlarga asoslangan mutlaqo yangi boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida oxirgi 2 yilda 47 ta qonunchilik hujjati, jumladan, 3 ta qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 6 ta farmoni va 12 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining26 ta qarori qabul qilindi.
Ushbu meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlarning mahalla darajasiga tushirilishini taʼminlash maqsadida 208 ta tuman (shahar)da “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Joylarda ijtimoiy xodim va assistenti lavozimi joriy etilib, har bir mahalladagi oila soni, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlarini inobatga olgan holda ijtimoiy xodimlar “hudud — uchastka — mahalla” tamoyili asosida biriktirildi. Bu chora-tadbirlar aholiga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish, ularni joylardagi sharoit va ehtiyojdan kelib chiqib maqsadli tashkil etish bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalari uchun yangi turdagi xizmatlarni joriy etish imkonini bermoqda.
Nogironligi bor insonlarning bandligini taʼminlash ijtimoiy himoya borasidagi chora-tadbirlarning ustuvor yoʻnalishlaridan. Bu borada poytaxtimizda anʼanaviy oʻtkazilayotgan “Inson uchun” respublika koʻrgazmasi muhim tadbirga aylanmoqda. Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, 2024-yilda oʻtkazilgan koʻrgazmada 250 dan ortiq tadbirkorlik subyekti ishtirok etgan. Shulardan 212 tasi nogironligi boʻlgan shaxslarni ish bilan taʼminlayotgan korxonalar. Koʻrgazmaga kelganlar tomonidan 300 million soʻmlik mahsulotlar sotib olingan. Davlat tashkilotlari, yirik korxonalar va tadbirkorlar oʻrtasida umumiy qiymati 440 milliard soʻmni tashkil etuvchi 900 ga yaqin xoʻjalik shartnomasi imzolangan.
Mazkur koʻrgazma joriy yilda ham yuqori saviyada tashkil etildi. Unda 150 ga yaqin tadbirkor, jumladan, nogironligi boʻlgan 14 hunarmand ishtirok etdi. Ular tomonidan mebel, toʻqimachilik, poyabzal, sport jihozlari, oziq-ovqat, maishiy texnika, poligrafiya va boshqa turdagi mahsulotlar namoyish etildi va savdoga chiqarildi.
Bugun mamlakatimizda nogironligi boʻlgan qariyb 169 ming bola bor. Ularni tibbiy-ijtimoiy himoyalash, taʼlimga yoʻnaltirish, bolaligidan kasb-hunar egallashi va ulgʻayib jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda 66 ta maxsus maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarida nogironlikning ogʻir turlariga ega bolalar uchun “Gʻamxoʻrlik” guruhlari tashkil etildi. Mazkur guruhlarga 500 dan ortiq bola yoʻnaltirilgan. Bu saʼy-harakatlar natijasida ularning ota-onasi yoki oʻrnini bosuvchi shaxslarga ijtimoiy hordiq chiqarish va biror mehnat faoliyati bilan shugʻullanish imkoniyati yaratilgan. “Gʻamxoʻrlik” guruhlari har bir bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, tarbiyalash va jamiyatga moslashishida oilaga yordam bermoqda.
Endi bu yoʻnalishdagi ishlar rivojlantirilib, nogironligi boʻlgan 3-18 yoshli bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini yoʻlga qoʻyish taklif etilmoqda. Unga bolalar ota-onalar bilan tuzilgan ijtimoiy shartnoma hamda psixologik, tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi asosida qabul qilinadi. Joriy yil yakuniga qadar ogʻir nogironligi boʻlgan 2 mingga yaqin bolani bu xizmatlar bilan qamrab olish rejalashtirilmoqda. Bu ularning onasi uchun ishlash va taʼlim olish kabi imkoniyat yaratib, oila farovonligiga xizmat qiladi.
Shuningdek, “Bolalar salomatligi” axborot tizimi ishga tushirilib, har bir farzandga qoʻyilgan tashxis tahlil qilib boriladi. Nogironligi bor bolalarga tibbiy, reabilitatsiya, taʼlim, ijtimoiy xizmatlar kompleks koʻrsatiladi. Bunday muassasalarga har bir bola uchun subsidiya va xaridlar uchun imtiyozli kredit ajratiladi. Kunduzgi parvarishlash xizmatidan foydalangani uchun ota-onalarning oyiga 3 million soʻmgacha toʻlovidan soliq olinmaydi.
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida bu jabhadagi ishlar koʻlami yanada kengaytirilmoqda. Xususan, professional ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish, nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizim hamda ular uchun qulay va maqbul muhit yaratish, bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish borasida keng qamrovli ishlar bajarilayotir.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi va ushbu yoʻnalishga ixtisoslashgan taʼlim tashkilotlari mutaxassis va pedagoglari, nogironligi bor insonlarning bandligini taʼminlashga hissa qoʻshayotgan tadbirkorlardan baʼzilarining shu yoʻnalishdagi islohotlar samarasi xususidagi fikrlari bilan qiziqdik.
Kunduzgi parvarish markazlari tashkil etilyapti
Jasur LAZIZJONOV, Ijtimoiy himoya milliy agentligi bosh mutaxassisi:
— Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlov choralari bilan qamrab olish, ijtimoiy yordam va xizmatlar koʻrsatishning adolat mezoniga asoslangan shaffof va raqamlashtirilgan yangi tizimini joriy etish boʻyicha tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida har bir fuqaroni oʻzi va farzandlari kelajagi uchun masʼuliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun imkoniyat yaratish hamda ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish koʻlamini kengaytirish orqali oilalarning mehnat qilish imkoniyatini cheklovchi sabablarni bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ijtimoiy himoyani mahalla darajasida tashkil etish, xizmat va yordamlarni kompleks yondashuv asosida koʻrsatish, aholining ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish, ijtimoiy himoyaning manzilliligi va samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari fuqarolarni oʻylantirib kelayotgan masalalarni shu yerning oʻzida bartaraf etish imkonini bermoqda. Markazlar tomonidan ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar hamda oilalarga bevosita mahalla darajasida kompleks yondashuv asosida 102 turdagi professional ijtimoiy xizmat koʻrsatilmoqda. Jumladan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga koʻrsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy yordam koʻlami ham kengaymoqda.
Ilgari oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni aniqlash, eʼtirof etish va ularga xizmatlarni belgilash uchun 50 kungacha vaqt, oʻndan ortiq hujjat yigʻish, mahalliy hokimlarning qarori chiqishini kutish talab etilardi. Hozir mazkur tizim toʻliq raqamlashtirilib, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori qarori bilan 5 ish kunida oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxs sifatida eʼtirof etish va individual xizmatlar rejasini avtomatik shakllantirish tartibi joriy qilindi.
Shuningdek, bu yoʻnalishdagi ishlarning huquqiy asoslari takomillashtirilyapti. Oʻz navbatida, amaliy ishlar ham davom ettirilyapti. Bugun yurtimizning qator hududlarida oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga yangicha xizmatlar koʻrsatish amaliyotiga xususiy tarmoq vakillari keng jalb etilyapti. Jumladan, poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi shu toifadagi insonlarga xizmat koʻrsatish uchun kunduzgi parvarish markazi ishga tushirildi. Bu markazda autsorsing asosida tadbirkor xizmat koʻrsatyapti. Ijtimoiy himoya milliy agentligi mutaxassislari esa uslubiy jihatdan koʻmak beryapti. Bu tizimning ishga tushishi sohada raqobat muhitini kuchaytirish va xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga zamin yaratmoqda.
Hozir bu borada orttirilgan tajribalar asosida Andijon, Sirdaryo, Samarqand, Fargʻona, Qashqadaryo viloyatlarida ham shunday yangicha markazlar tashkil etish boʻyicha loyihalar amalga oshirilyapti. Ushbu markazlarning har birida 7-14 nafargacha kishini qamrab olish imkoniyati mavjud. Umuman, hozirgacha oʻzgalar koʻmagiga muhtoj 70 ga yaqin inson bu markazlarga qamrab olinib, tibbiy-ijtimoiy, psixologik reabilitatsiya ishlari bajarilyapti. Ushbu markazlar faoliyat yurita boshlaganiga hali koʻp boʻlmagan esa-da, natija chakki emas. Markazga qatnayotgan baʼzi bemorlar qisqa muddatda mustaqil harakatlanish imkoniga ega boʻlyapti. Bu, avvalo, bemorning hayot sifatini oshirish, qolaversa, uni parvarish qilayotgan yaqinlariga yengillik yaratishda katta imkoniyat. Shu bois, aholining ushbu markazlarga qiziqishi va murojaati borgan sari koʻpaymoqda.
Endi oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar qamrovi va turlarini kengaytirish maqsadida “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi. Bunday insonlarga kunduzgi qatnov asosida yoki uyda qarab turish, maishiy yumushlarda koʻmaklashish, yoʻqotilgan harakat faolligini qayta tiklash, kasalliklarning oldini olish kabi tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.
Tabiiyki, tizimda uzluksiz amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimizning bu boradagi yordamga talabi va ehtiyojini taʼminlash, inson qadrini ulugʻlashdek ezgu ishlar bardavomligiga xizmat qiladi.
Hunari bor hech qachon xor boʻlmaydi
Kamoliddin YUSUPOV, Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi 124-maktab-internat oʻqituvchisi:
— Yaqin yillargacha jamiyatimizda imkoniyati cheklanganlarga munosabat talab darajasida emas edi. Davlatimiz rahbarining gʻamxoʻrligi, ehtiyojmand oilalardagi muhitni, kayfiyatni yaxshi bilishi natijasida ijtimoiy himoya bilan bogʻliq masalalar boʻyicha butunlay yangi tizim yaratildi.
“Imkoniyati cheklangan kishilar” degan tushuncha davlat va jamiyatning nogironlarga boʻlgan tor, biryoqlama munosabatini ifodalab kelgan boʻlsa, yangi islohotlar davrida, avvalo, qonunchilik oʻzgarib, “nogironligi boʻlgan shaxslar” degan tushuncha yuzaga keldi. Shu asosda davlat va jamiyat nogironlarga imkoniyati cheklanganlar deb emas, balki shaxs sifatida munosabatda boʻlishga oʻtdi. Bu munosabat ularning huquqlari tan olinishi va orzu-umidlari roʻyobga chiqishiga zamin yaratmoqda. Buni bizning taʼlim maskanimiz faoliyati misolida ham yaqqol koʻrish mumkin.
Maxsus maktabimizdagi oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasi, parvarishi jarayonida pedagoglardan tashqari, tarbiyachilar, tibbiy xodimlar, psixolog mutaxassislar ham qatnashadi. Oʻquvchilarga taʼlim, tibbiy-ijtimoiy koʻmak berish barobarida hunar ham oʻrgatiladi. Shu maqsadda maktabimizda 15 ta toʻgarak ochilgan. Masalan, men kulolchilik toʻgaragiga rahbarlik qilaman. Toʻgarakka qatnaydigan koʻp shogirdlarim bu hunarni puxta egallamoqda. Oʻtgan yili maktabni tugatib, kollejga oʻqishga kirgan 3 shogirdim hozir kulolchilik ustaxonasiga ishga kirib, daromad topib, ota-onasiga koʻmak beryapti.
Oʻquvchilarimga oʻzim bilgan yana bir hunar — issiqxonada hosil yetishtirish tajribasini ham oʻrgatyapman. Shu faoliyatni yoʻlga qoʻyish uchun maktabimiz hududidagi boʻsh yotgan maydonchada homiylar koʻmagida issiqxona barpo etdik. Yoshlar bu yumushni ham katta qiziqish bilan oʻrganyapti. Yoshlikdan olingan bilim va hunar har bir insonning kelgusi hayotida, albatta, asqatadi. Jismonan imkoniyati cheklangan boʻlsa-da, shogirdlarimizning hunar oʻrganish va uni amalda qoʻllashda sogʻlom tengdoshlaridan qolishmayotgani biz, oʻqituvchilarni juda mamnun etadi. Shu bois, toʻgaraklarga imkon qadar koʻproq yoshlarni jalb etish, buning uchun oʻquvchilarga barcha sharoit yaratishga intilamiz. Zero, hunari bor inson hech qachon xor boʻlmaydi.
Savobli ishda kamarbastamiz
Nargiza TOʻYCHIYEVA, Jizzax viloyatidagi koʻzi ojizlar jamiyati “Ezgu niyat” oʻquv-ishlab chiqarish korxonasi rahbari:
— Korxonamiz tashkil topganiga endi 2 yil boʻldi. Hozir 60 ishchimiz bor, ularning yarmi mavsumiy ishlarga jalb etilyapti. Ishchilarning 22 nafari nogironligi bor insonlar.
30 turdan ziyod mahsulot ishlab chiqaramiz va 50 dan ortiq buyurtmachiga yetkazib beramiz.
Oʻzim qariyb 30 yildan buyon tadbirkorlik bilan shugʻullanaman. Dastlab uyda oddiy tikuvchi boʻlib ish boshlagan edim. Bugunga kelib, katta tadbirkorga aylandim. Avvalo, bu davlatimizning biz, tadbirkorlarga doimiy koʻmagi va qoʻllab-quvvatlovi mahsuli. Ayni paytda maxsus kiyim-kechaklardan tashqari zamonaviy mebel, yumshoq jihozlar ham ishlab chiqaryapmiz. Isteʼmolchilarga taqdim etayotgan mahsulotlarimizning muayyan qismida nogironligi bor insonlarning ham hissasi qoʻshilgan. Shu bois, ularning mehnatini juda qadrlaymiz. Sogʻlom insonlar qatorida ishlashi uchun qulay sharoit yaratib bermoqdamiz.
Mendan baʼzida “Nogironligi bor insonlar bilan ishlash qiyin emasmi?” deb soʻrashadi. Men “Aksincha, ular bilan ishlash juda maroqli”, deb javob beraman. Chunki ular ham biz singari jamiyatimizning bir aʼzosi. Garchi vujudida qandaydir muammo sabab biz bilan tengma-teng qadam tashlay olmasa-da, ularning ham oʻz maqsad va orzulari, rejalari, ortida umid bilan koʻz tikib turgan farzandlari bor. Shu bois, bunday insonlar bilan bir safda boʻlish barchamizning insoniy burchimizdir.
Bugun tadbirkor sifatida faoliyatimizni kengaytirib borar ekanmiz, yangi-yangi ish oʻrinlari ochish, nogironligi bor insonlar uchun qulaylik va imkoniyatlarni kengaytirishni niyat qilganmiz. Davlatimizning biz, tadbirkorlarni doimiy qoʻllab-quvvatlab kelayotgani bunday ezgu maqsadlarimizni roʻyobga chiqarish, xayrli ishlarda bardavom boʻlishimizda juda qoʻl keladi.
* * *
Darhaqiqat, suhbatdoshlarimiz taʼkidlaganidek, mamlakatimizda ehtiyojmandlar alohida eʼtiborga olinib, moddiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlanmoqda. “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi asosida bunday oilalarga mehnat, taʼlim, sogʻliqni saqlash kabi sohalarda koʻmaklashilmoqda.
Bundan tashqari, nogironligi bor insonlarning bandligini taʼminlash borasida ishlar qamrovi kengaymoqda. Endi nogironligi bor insonlarni ishga olgan yengil sanoat korxonalariga soliq imtiyozlari berish, bunday xodimlar uchun ijtimoiy soliq stavkasini pasaytirish, tadbirkorlarga Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hisobidan 500 million soʻmgacha subsidiya ajratish kabi ragʻbatlar koʻzda tutilmoqda.
Bugun dunyoda roʻy berayotgan global ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, beqaror geosiyosiy jarayonlarga qaramay, yurtimizda izchil amalga oshirilayotgan bunday loyihalar hech kimni oʻz muammosi bilan yolgʻiz qoldirmaslik, inson qadrini barcha narsadan ustun qoʻyishdek ezgu tamoyillar davomli boʻlishiga xizmat qiladi.
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri
Bahor XIDIROVA tayyorladi.