Murojaatlarga tezkor javob berish uchun telegram ijtimoiy tarmogʻida maxsus telegram guruhi muntazam ishlab turibdi.
Inspeksiya tashkil qilingandan buyon mazkur muloqot usuli orqali soliq toʻlovchilarni qiziqtirgan savollarga shu kunning oʻzida mutaxassislar tomonidan batafsil javob berilmoqda.
2020-yil yakuniga koʻra, jami 4 392 ta murojaat Inspeksiyaning telegram ijtimoiy tarmogʻidagi guruhi orqali kelib tushgan. Shundan 2 510 tasi maslahat va tushuntirish berishni, 1 882 tasi hisobotlar va qarzdorliklarga bogʻliq murojaatlar hisoblanadi.
Hurmatli soliq toʻlovchi, davlat soliq xizmati organlari Sizning soliq majburiyatlaringizni bajarishda ishonchli hamkoringiz ekanini va murojaatchilar bilan ochiq muloqotga hamisha tayyorligini bildirishdan mamnunmiz.
Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo DSI
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasi