Fransiyaning velosport boʻyicha “Team Culture Velo u19” klubi ikki nafar iqtidorli velopoygachimiz, velosport boʻyicha mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi aʼzolari Samandar Sultonov va Davir Abdurahmonovni oʻz tarkibiga qoʻshib olmoqchi. Klub taklifiga binoan yoshlarmiz Fransiyaga yetib borishdi.

“Team Culture Velo u19” klubi joylashgan Tuluza shahrida ular soʻnggi tekshiruvlardan oʻtgach yangi jamoalarida mashgʻulotlarni boshlaydi va Tojikistonda tashkil etiladigan shosseda poyga boʻyicha Osiyo chempionatiga qadar oʻsha yerda mashgʻulotlar olib boradi. Qitʼa chempionatida muvaffaqiyatli qatnashishsa, ular bilan shartnoma muddati uzaytiriladi.