Qayd etilishicha, Departamentning Koʻkdala tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.B. “Suvliq” MFY hududidagi xonadonining yordamchi xoʻjaligida yasama juvoz uskunasini oʻrnatib, yogʻ mahsuloti ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, tadbir jarayonida juvoz uskunasi, 165 litr isteʼmolga yaroqsiz yogʻ va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan jihozlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Departamentning Oqdaryo tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.O. “Galaravot” MFY hududidagi xonadonida yogʻ mahsuloti ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, undan juvoz uskunasi, isteʼmolga yaroqsiz yogʻ, 846 kg chigit va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan jihozlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.