Qayd etilishicha, “Koʻkdalatumangaz“ GTB chilangar taʼminotchisi I. N. va haydovchi B. X. tumanning “Chorvador“ MFY hududidagi isteʼmolchilarga tarqatilishi koʻzda tutilgan 110 dona maishiy gaz ballonlarni belgilangantartibda tarqatmasdan, mazkur mahallada yashovchi B. A. xonadoniga 34 dona gaz ballonini tushirayotganianiqlangan. Shuningdek, ushbu xonadonda 8 dona boʻsh gaz ballonlari borligi maʼlum boʻlgan.
Shuningdek, Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahar Bodomzor koʻchasida istiqomat qiluvchi S. U. xonadonida maishiygaz ballonlari qoidalarga zid ravishda saqlanayotgan “bunker“ aniqlangan. Xonadon koʻzdan kechirilgandasuyultirilgan gaz bilan toʻldirilgan 35 dona va boʻsh holdagi 48 dona maishiy gaz ballonlari borligi maʼlumboʻldi.
Mazkur ikki holat davomida 1 380 kg suyultirilgan gaz mahsuloti talon-taroj qilinishining oldi olindi.
Holatlar yuzasidan dalolatnomalar tuzilib, barcha hujjatlar FVB va huquq-tartibot organlariga taqdimetildi, — deyiladi xabarda.