Shu yilning 25-sentyabr – 20-oktyabr kunlari Kuvaytda tashkil etiladigan futzal boʻyicha qitʼa chempionatiga tayyorgarlik doirasida mamlakatimiz futzalchilari kecha Jizzaxda qoʻshni Tojikiston termasiga qarshi ikkinchi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazdi.

Birinchi uchrashuvda 4:4 hisobi qayd etilganini avval xabar byuyergan edik. Kechagi bahs ham durang natija bilan yakunlandi – 2:2.

Futzalchilarimiz ertaga tojikistonlik futzalchilar bilan uchinchi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazadi.