Toshkentga Xalqaro voleybol federatsiyasi Prezidenti tashrif buyurdi

    Sport 30 Sentabr 2024 298

    Bugun Xalqaro voleybol federatsiyasi Prezidenti Ari Grassa boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga tashrif buyurdi.

    Martabali mehmonni Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari, general mayor Bekmurod Abdullayev, Sport vazirining oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda mamlakat voleybol federatsiyasi xodimlari kutib olishdi.

    Safar davomida diyorimizda voleybol sporti rivojini yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada ommalashtirish, mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish, kelgusida yirik xalqaro musobaqalarni yurtimizda oʻtkazishga doir istiqbolli rejalar muhokama etiladi. Martabali mehmonga FIVB ning turli boʻlimlarida faoliyat olib boradigan 4 nafar mutaxassis hamrohlik qilmoqda.