Ilk marotaba yosh davlat xizmatchilarining TOP-50 taligi tuzildi

    Keyingi avlod 20 Fevral 2021 2395

    “Kelajak liderlari” maxsus malaka oshirish kursi Prezident huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tashabbusi va hamkor tashkilotlar koʻmagida tashkil etildi.

    Maxsus dastur davlat xizmatiga rahbar kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.

    Kuni-kecha Davlat boshqaruvi akademiyasida dasturning ochilish marosimi boʻldi. Ilk bosqichga 21-31 yoshdagi davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻrta boʻgʻin rahbar va xodimlari jalb qilindi.

    Ushbu dasturning maxsus oʻquv kursida tahsil olish uchun barcha vazirlik va idoralardan 800 nafar nomzod tavsiya etildi.

    4 bosqichli tanlov asosida 50 nafar yosh davlat xizmatchisi tanlab olindi. Tinglovchilar 2 oy davomida liderlik, jamoani shakllantirish, loyiha boshqaruvi, strategik tahlil, nizolarni boshqarish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kabi fanlardan bilim va tajribalarini oshirishadi.