Ilon Mask miyasiga Neuralink chipi o'rnatilgan birinchi bemorning ahvoli haqida ma'lumot berdi

    Amerikalik milliarder Ilon Maskning aytishicha, miyasiga Neuralink chipi o'rnatilgan odam o'z fikrlari bilan kompyuter sichqonchasini boshqarishi mumkin.

    “Natijalar yaxshi va bemor hech qanday nojo'ya ta'sirlarsiz to'liq tuzalib ketganga o'xshaydi. Bemor shunchaki o'z fikrlari bilan sichqonchani ekran bo'ylab harakatlantira oladi”, deb yozdi u o'zining X sahifasida.

    Shuningdek, u Neuralink hozirda bemordan imkon qadar ko'proq sichqonchani bosishini kutayotganini qo'shimcha qildi.

    Qayd etilishicha, kompaniyaning dastlabki maqsadi odamlarga o'z fikrlari yordamida kompyuter kursori yoki klaviaturasini boshqarish imkonini berishdir.

    Maskning aytishicha, kelajakda bunday chiplar, shuningdek, semizlik, autizm, depressiya va shizofreniya kabi ayrim kasalliklarni davolay oladi.

    Avvalroq Neuralink AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy vositalar sifatini nazorat qilish boshqarmasidan (FDA) odamlarda miya implantlarini sinab ko'rish uchun ruxsat olgandi, deb xabar beradi korrespondent.net.