Immunolog Rossiya vaksinasi haqida: “u miltiq kabi, otishga shay”

    Salomatlik 11 Avgust 2020 980

    Bugun RF prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi dunyoda birinchi vaksina rasmiy roʻyxatdan oʻtganligini eʼlon qildi.

    Rossiya yetakchisining soʻzlariga koʻra, mamlakatda emlash ixtiyoriy ravishda oʻtkazilishi kerak.

    Preparat “Sputnik V” deb nomlandi - 1957-yilda uchirilgan birinchi Yer sunʼiy yoʻldoshiga oʻxshash.

    Shuningdek, Putin uning qizlaridan biri ham COVID-19 ga qarshi emlanganligini aytib berdi. Uning soʻzlariga koʻra, avvaliga uning tana harorati 38 darajagacha koʻtarildi, ammo keyinroq u normal holatga qaytdi va unda immunitet shakllandi.

    Ushbu dori “fuqarolarga erkin savdoga” 2021-yil 1-yanvardan erta boʻlmagan muddatda kiritilishi kutilmoqda.

    Rossiyalik shifokor immunolog-allergolog Vladimir Bolibok ushbu vaksinaning qanday ishlashini va nima uchun RF dunyoda dori yaratgan birinchi mamlakat boʻlganligini tushuntirib berdi.

    “Vaksinaning oʻzi oʻziga hos ”platforma“ sifatida yaratilgan. Yaʼni, vaksinaning konstruksiyasiga kerakli maʼlumotlar kiritiladi-da va har safar yangi vaksina vujudga keladi. Tasavvur qiling, sizning miltigʻingiz bor va siz patronlarni, masalan, kartechdan tortib pitragacha oʻzgartirishingiz mumkin...”, - dedi Bolibok Sputnik radiosi efirida.

    Uning taʼkidlashicha, ushbu platforma Ebolaga qarshi vaksinani ishlab chiqish jarayonida oʻz samaradorligini namoyish etdi. Asosiy mohiyati shundaki, odamlar odatda tez-tez kasallanadigan, juda keng tarqalgan respirator virus - zaiflashgan yoki oddiy adenovirus olinadi.

    Albatta, uning jiddiy kasallantiruvchi xususiyatlari yoʻq, unda ammo koronavirusning oqsillari haqida noyob maʼlumotlar mavjud. Gʻoya quyidagicha: vaksinaga ega boʻlgan ushbu adenovirus, inson tanasini, shu jumladan ushbu oqsillarga qarshi antitanachalarni ishlab chiqarishini ragʻbatlantiradi.

    Shu tariqa koronavirusga bevosita immunitet vujudga keladi, deya qoʻshimcha qildi shifokor.

    “Yaʼni, bu ”miltiq“ bizda bir necha yil oldin tayyorlanib boʻlgan. Endi ushbu ”miltiq“ga yangi patron ishlab chiqildi va u ”miltiqga“ga joylandi va otishga shay”, - dedi Bolibok.