"Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimi soddalashtirilganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Hukumat qarori (382-son, 14.08.2023 y)  qabul qilindi.

Qarorga ko'ra:

🔹yangi import avtomobillar faqat yuridik shaxslar - ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan sotilishi bekor qilinadi;

🔹elektr energiyasini elektr ta'minoti shartnomasida belgilangan hajmlardan (oylik shartnomaviy miqdordan) ortiqcha iste'mol qilgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi etkazib berishni to'xtatib qo'yish amaliyoti tugatiladi;

🔹tadbirkorning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to'g'risida qaror qabul qilinganda, kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqda e'lon berish talabi bekor qilinadi; 

🔹soliq to'lovchilarga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo'yicha qabul qilgan qarorlari ustidan to'g'ridan-to'g'ri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi.