Inspeksiyaning Koʻchatlar, meva va poliz qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini yetishtirishni nazorat qilish boʻlimi tomonidan xorijdan import qilingan urugʻlik kartoshkalarning 309 tonnasi ekinboplik sifat koʻrsatkichlari boʻyicha nomuvofiq deb topilib, tegishli tartibda dalolatnomalar tuzildi.
Jumladan, “Bananza Trade Export” MChJning Gollandiyadan import qilingan 41 tonna, “SHAMSIDDIN JALILOV DALALARI” f/x tomonidan Gollandiyadan import qilingan 160 tonna, “Shukrona Agro Fayz” MCHJ tomonidan Qozogʻistondan import qilingan 44 tonna Gala navli kartoshka va “EGOIST AST” MCHJ tomonidan Rossiyadan import qilingan 63,6 tonna Gala navli jami 309 tonna urugʻlik kartoshkalari GOST 33996-2016 davlat standarti talablariga javob bermaganligi sababli nomuvofiq deb topilib nomuvofiqlik toʻgʻrisida sinov bayonnomalari rasmiylashtirilgan.
Bundan tashqari, boʻlim tomonidan hududiy boshqarmalar inspektorlariga har kuni hududlardan noqonuniy, tegishli hujjatlari mavjud boʻlmagan urugʻlik kartoshkalarni tarqatilishini oldini olish boʻyicha topshiriqlar berilib, qatʼiy nazorat qilib borilmoqda.