Nottingem universiteti (Buyuk Britaniya) mutaxassislari guruhi kasalxonalar uchun infeksiyalarga chidamli plastik dezinfeksiyalash vositasini ishlab chiqdi.

Ishlab chiqarish jarayonida keng tarqalgan antiseptik xlorgeksidin ishlatildi, keyinchalik polimer akrilonitrilbutadienstirol (ABS) ishlatildi. Tadqiqotchilar yangi vositaning samaradorligini molekulyar darajada sinab ko'rish uchun ikkilamchi ion massa spektrometriyasidan (TOF-SIMS) foydalanganishdi.

Ular mazkur material mikroblarni tezda bartaraf etishini aniqlashdi (30 daqiqa ichida). Shu bilan birga, 45 daqiqadan keyin ham yuzalar steril holatini saqlab qoldi. Ishlanma SARS-COV-2 ga qarshi samarali ekanligini isbotladi: 30 daqiqadan so'ng jonli virus zarralari aniqlanmadi, deb xabar beradi lenta.ru.