Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi farmon imzolandi.
Hujjatdan koʻzlangan asosiy maqsad – xususiylashtirishni tezlashtirish, investitsiya muhitini yaxshilash va davlat aktivlarini sotib olishni istagan investorlar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratishdir.

Investitsion va raqobat muhitini yaxshilash choralari
Endilikda oxirgi kalendar yilida tovarlar (xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ming baravaridan oshmaydigan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tovar yoki moliya bozorlarida ustun mavqe egallagan deb hisoblanmaydi hamda ularga nisbatan monopoliyaga qarshi choralarni qoʻllanmaydi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab Raqobat rivojlanishi indeksini joriy etiladi.

Xususiylashtirish va transformatsiya jarayonlarini tezlashtirish choralari
Hujjatga muvofiq, 2022-yilda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 51% va undan yuqori miqdordagi aksiyalari, “Oʻzbekneftgaz” AJning kamida 49% aksiyalari, UzAuto Motors AJning 10 foizgacha aksiyalari ochiq savdolarga chiqariladi. Joriy yil 1-iyungacha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning rivojlanish strategiyasi ishlab chiqiladi.
Shuningdek, Uzbekistan Airways va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJdagi ulushlarini ham savdoga chiqarishni rejalashtirmoqda. Shu birobarida, “Oʻzbekgidroenergo” AJ isloh qilish stategiyasi ham ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, yaqin orada “Oʻzbektelekom” AK va “Oʻzbekiston pochtasi” AJlarini isloh qilish strategiyalari ham ishlab chiqiladi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tayyorlangan infografikada davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, xususiy tarmoq rolini kengaytirish va xususiylashtirishni tezlashtirish jarayonlari haqida maʼlumot beriladi.