Tadbirda universitet rektori Ulugʼbek Аzizov, ingliz tili boʼyicha mutaxassislar, professor-oʼqituvchi va talabalar ishtirok etdi. Ilmiy anjumandan koʼzlangan maqsad talabalar oʼrtasida tilga boʼlgan qiziqishni yanada oshirish va xorijiy tillarni oson hamda tez oʼrganish.

Tadbir davomida 1-kurs magistranti Mavlonbek Saparov IT texnologiyalaridan foydalanib, bolalarning chet tillarini samarali va qiziqarli oʼrganishi uchun maxsus robot-ustoz taqdimoti bilan tanishtirdi.

Koʼp yillik izlanishlar natijasida yaratilgan "Angelfaces" nomli ushbu ixtiro tarkibiga 3 kitob, 1 elektron qurilmali ruchka, yaʼni robot-ustoz va 8 tilni jamlagan.

– Hozirgi kunda chet tillariga boʼlgan ehtiyoj yanada ortib bormoqda. Аynan hamma oʼzi uchun qulay boʼlgan yoʼlni tanlaydi. Men ham ushbu jihatlarni hisobga olib, bu qurilmani yaratishga qaror qildim. Mazkur qoʼllanma ingliz, rus, koreys, xitoy, frantsuz, ispan, oʼzbek va arab tillarini qiziqarli mashqlar, dialoglar, intellektual oʼyinlar, rasmli lugʼatlar va quvnoq ashulalar orqali oson va tez oʼrganish imkonini beradi, – deydi ixtiro muallifi.

Bundan tashqari, universitet tomonidan "Ted talk" loyihasi tashkil etilgan boʼlib, bu ham aynan tilni oson oʼrganishga yordam beradi. Аnjumanda bu loyihalar ham taqdimot qilindi. 

Tadbir soʼnggida ingliz tilida chop etilishi rejalashtirilgan maqola mualliflari taqdirlandi.           

Ulugʼbek Kamolov