Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan startap loyiha asosida yaratilgan mazkur tizim avtohalokat paytida yordamga chaqiruvchi, avtomashinaning lokatsiyasini aniq ko'rsatib beruvchi va avtomashina yoqilg'isini nazorat qilib turuvchi GPS COD qurilmasiga ega.
“UJAM Innovate” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan startap loyiha doirasida temir daftarga kirgan yoshlar ish bilan band qilingan.
Samarqand viloyati Urgut tuman hokimiyatining barcha xizmat mashinalariga Yo'l-transport hodisasi haqida xabar beruvchi tizim o'rnatib berildi.
Shuningdek, mazkur korxona tomonidan spirtli ichimlik iste'mol qilgan xaydovchilarni avtomobil boshqarishini oldini oladigan "Alkotestor" hamda avtomobillarda olib yurish uchun muzlatgich ham yaratilgan.