Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasi XVJ mablag'lari bilan to'ldiriladi

    Moliya 19 Iyun 2020 2480

    Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17.06.2020 yildagi “O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasiga xalqaro valyuta jamg'armasidan mablag'lar jalb qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 388-son qaror qabul qilindi.

    Xalqaro valyuta jamg'armasi tomonidan 2020 yil 18 may kuni O'zbekiston Respublikasiga imtiyozli qarz mablag'lari ajratilishi ma'qullandi. Ular quyidagilarni o'z ichiga oladi:

    • «Tezkor kreditlash dasturi» » (Rapid Credit Facility) bo'yicha 10 yil muddatga (5 yillik imtiyozli davri bilan) 92,05 mln SDR (yoki MAH - maxsus ayirboshlash huquqi) miqdoridagi foizsiz qarz;
    • «Tezkor moliyalashtirish instrumenti» (Rapid Financing Instrument) bo'yicha 5 yil muddatga (3 yillik imtiyozli davri bilan) 1,05% yillik foiz stavkasi bilan 183,55 mln SDR miqdoridagi qarz.

    O'zbekiston Hukumati va Markaziy bank o'rtasida mazkur qarzlarni respublika byujetiga tushirish va qarzga xizmat ko'rsatish mexanizmlarini ifodalovchi Anglashuv Memorandumi imzolangan.

    Hujjat bilan «Tezkor kreditlash dasturi» va «Tezkor moliyalashtirish instrumenti» bo'yicha qarzni qaytarish, foiz va xizmat ko'rsatish haqi bo'yicha to'lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvallari tasdiqlandi. Mazkur kreditlar bo'yicha foizlar va xizmat ko'rsatish haqi O'zbekiston Davlat byudjeti tomonidan qoplanadi.

    Moliya vazirligi XVJ tomonidan ajratiladigan qarzlardan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas'ul ijro etuvchi organ hisoblanadi. Davlat xaridlari tuziladigan shartnomalar doirasida ochiqlik va shaffoflik asosida benefitsiarlar ko'rsatilgan holda amalga oshirilishi kerak.

    Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 18.06.2020 yildan kuchga kirdi.

    Lola Abudazimova