Jumladan, qarorda:
– transplantologiya sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda innovatsion loyihalarni ishlab chiqish;
– yuqori texnologik transplantatsiya amaliyotlarini amalga oshirish usullarini oʻrganish va joriy etish;
– xorijiy davlatlarning mazkur sohadagi ilmiy tashkilotlari, markazlari hamda ekspertlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va birgalikda tadqiqotlarni tashkil qilish;
– transplantologiya yoʻnalishida malakali ilmiy kadrlarni tayyorlashga koʻmaklashish Xirurgiya markazining qoʻshimcha vazifalari etib belgilangan.
Shuningdek, qarorga muvofiq, Xirurgiya markazida bazaviy moliyalashtirish tizimi asosida faoliyat yuritadigan Inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi ilmiy laboratoriyasi hamda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining Xirurgiya va transplantologiya kafedrasi tashkil etiladi.
Xirurgiya markazi esa ushbu kafedrada oʻqitilayotgan bakalavrlar, klinik ordinatorlar va magistrlar uchun asosiy klinik bazaga aylantiriladi.