Ushbu maqsadlarga erishish uchun joriy yilning oʻzida umumiy qiymati 55 trillion soʻm va 11,7 milliard dollarlik 398 ta chora-tadbirni amalga oshirish koʻzda tutilmoqda.

— Barcha saʼy-harakatlarimiz, ajratilayotgan mablagʻlar mahalla va xonadonlargacha aniq yetib borishi va har bir oila farovonligini oshirishga xizmat qilishi shart. Buning uchun respublika, viloyat, tuman va shahar hamda mahalla darajasidagi barcha rahbarlar bor kuch va resurslarini toʻliq safarbar qilishi zarur, — dedi Prezident.