Ikkita jahon urushidan keyin insoniyat to'g'ri xulosa chiqarib, urushlarni butunlay to'xtatib, mablag'larni odamzodni qirishga emas, balki insonlarni rivojlantirishga qaratganda edi, dunyoda ocharchilik ham, qashshoqlik ham, savodsizlik ham qolmagan bo'lar edi…

2019 yilda dunyo mamlakatlarining harbiy yo'nalishdagi xarajatlarining umumiy summasi 2 trillion AQSH dollari atrofida bo'lgan. ekspertlarning fikricha, harbiy maqsadlarga qaratilgan shu mablag'ning atigi 1 foizi dunyodagi maktabga bormayotgan 1 milliard atrofidagi bolaning o'qishini ta'minlashga etadi. Atigi 10 foizi esa dunyoda ocharchilik va qashshoqlikni yo'qotishga qaratilgan maqsadlarga erishishga etarli. Qolgani esa yana boshqa ijtimoiy maqsadlarga yo'naltirilsa, ancha masalalar hal bo'lib qolar edi.

Lekin, afsuski, ikkita jahon urushidan ham to'g'ri xulosa chiqarmay, dunyodagi xarbiy xarajatlar faqat ortib bormoqda. Bu esa iqtisodi endi rivojlanayotgan davlatlar uchun juda og'ir yukdir…

                                                                                        Xayriddin MUROD tayyorladi.