Xususan, mamlakatimiz bu borada dunyo bozoridan uzoqlashib ketgani, ilmiy institutlarimiz innovatsiyalar, tarmoqlar esa xaridorgir ishlanma va brendlar yarata olmayotgani tilga olinib, sohaga oid qonunchilikni takomillashtirib, intellektual mulk himoyasini kuchaytirish, har bir idora va tarmoqqa ilmiy yutuqlarni olib kirish masalalari muhokama qilindi. 

— Albatta, har bir ilmiy ishlanmani iqtisodiyotga yo'naltirishdagi birinchi bosqich intellektual mulkni himoyalashdir. Bu borada muammolarimiz etarlicha. Yig'ilishda intellektual mulkni rivojlantirish, uni himoya qilish va kelajakda yangi O'zbekistonning bu boradagi bosadigan qadamlari to'g'risida aniq topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan so'nggi yillarda Innovatsion rivojlanish vazirligi zimmasiga qator ishlanmalarni tijoratlashtirish vazifasi yuklatilgan edi. Ammo tijoratlashtirishlar iqtisodiyotimizda ko'rinmayotgani o'rinli tanqid qilindi. eng katta sabablardan biri intellektual mulkni to'g'ri baholay olmaslik, bu borada mutaxassislarning etishmasligi, bozorga olib chiqib sotishda tarmoqlarning o'rni yo'qligi  va ularning bundan manfaatdor emasligidir. SHundan kelib chiqib, qator idoralar, jumladan, Innovatsion rivojlanish vazirligiga ilmiy-tadqiqot institutidagi olimlarning ishlanmalarini har bir ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalari kesimida tijoratlashtirish, ularga ko'mak va imtiyoz berish, dunyo bozoriga olib chiqish, xalqaro miqyosda himoyalash bo'yicha qaror loyihasini ishlash vazifasi qo'yildi. Bu borada qator ishlarni amalga oshirish talab etiladi. YAngi model, ya'ni, intellektual mulk agentligini Adliya vazirligi tomonidan ro'yxatdan o'tkazish, tarmoqlar va Innovatsion rivojlanish vazirligi tarafidan joriy qilish masalasining qo'yilishi raqobatni paydo qiladi. Buning natijasida patentlarga beriladigan e'tibor kuchayadi. Yig'ilishda aytilganidek, endi tarmoqlar institutlarga borib, ilmiy tadqiqotni ko'rib, o'zlari patent qiladi. endilikda agar tarmoqlar brend qilaman desa, ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlaydi.

Ibrohim ABDURAHMONOV,

O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri