Andijon viloyatida “Oʻzbekneftgaz” AJ va “Zarubejneft” AJ (Rossiya) hamkorligida tashkil etilgan “ANDIJANPETRO” qoʻshma korxonasi ham anashunday hamkorlikdagi saʼy-harakatlarning natijasidir.

2019-yil dekabr oyidan boshlab ushbu qoʻshma korxona tomonidan “Xartum”, “Sharqiy Xartum” va “Janubiy Olamushuk” konlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda neft qazib olishni koʻpaytirish boʻyicha qator samarli ishlar olib borildi. Qoʻshma korxona tomonidan dastlab 10,7 million dollarlik (loyiha boʻyicha 13,9 million dollar) mablagʻlar, 2021-yilda esa 3,1 million dollar mablagʻlar oʻzlashtirildi.

2021-yilda qoʻshma korxona tomonidan 43 ta geologik-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida kuniga 27,3 tonna neft xomashyosi va qoʻshimcha 3,9 ming tonna qazib chiqarilishiga erishildi.

Investitsion loyiha doirasida “Janubiy Olamushuk” neftni qayta ishlash inshootiga yangi liniyali isitish moslamasi, neft yigʻuvchi kollektorlar oʻrnatildi, umumiy uzunligi 19,6 km boʻlgan yuqori bosimli suv quvurlari tortildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi akkreditatsiya markazining texnik malaka tasdigʻi olingan yangi kimyoviy-analitik laboratoriya qurib foydalanishga topshirildi.

Ayni paytgacha “Janubiy Olamushuk” konining 20 ta qudugʻida telemexanika tizimi uskunalarini oʻrnatish ishlari tugallandi. Hozirda ishga tushirish va sozlash ishlari olib borilmoqda. Joriy yilda esa “Xartum”, “Sharqiy Xartum” konlaridagiyana 20 ta quduqda telemexanikani kengaytirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, investitsion loyihalar doirasida qazib chiqarish obyektlarida energiya sarfini kamaytirish va iqtisod qiluvchi uskunalar joriy qilinmoqda. Ushbu maqsadda 2 dona gidravlik drayv nasoslari eksperimental-dala sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Kelgusida bunday nasoslarni yana 6 dona oʻrnatish orqali texnik xizmat koʻrsatish uchun operatsion xarajatlarni 80 foizgacha kamaytish rejalashtirilgan. Gidravlik nososlardan foydalanganda 1 ta quduq uchun sarflanadigan elektr energiyasini 50 foizgacha kamaytirishga erishiladi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati