Qarorga koʻra, 2025-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 1-oktyabrgacha investitsiya platformalaridan “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimida quyidagi yoʻnalishlarda foydalanishga ruxsat beriladi:
- qimmatli qogʻozlarni joylashtirish va sotib olishda;
- venchur va pay fondlarini moliyalashtirishda;
- kommandit shirkatlarga hissa kiritishda.
Investitsiya platformalari operatori uchun quyidagi talablar belgilandi:
- rezident yuridik shaxs maqomiga ega boʻlishi;
- vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan maxsus elektron reyestrga kiritilgan boʻlishi;
- oʻz faoliyatini vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshirishi;
- investitsiya platformasi orqali rasmiylashtirilgan shartnomalar reyestrini yuritishi.









