Yigʻilishda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, toʻqimachilik, elektrotexnika, kimyo, oziq-ovqat, charm-poyabzal, farmatsevtika, avtomobilsozlik, mebel va zargarlik sanoati, qishloq xoʻjaligi qayta ishlash, hunarmandchilik, ipakchilik tarmogʻi, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish, sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va eksport salohiyatini oshirish borasidagi ishlarni yana-da kuchaytirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yigʻilishda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, toʻqimachilik, elektrotexnika, charm-poyabzal, farmatsevtika, avtomobilsozlik va zargarlik sanoati, ipakchilik tarmogʻi, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va eksport salohiyatini oshirish borasidagi ishlarni yana-da kuchaytirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Har bir alohida tarmoq doirasida yuqori iqtisodiy samaraga ega boʻlgan va tarmoq ichida hamda tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash va yuqori sifatli hamda raqobatbardosh mahsulotlarni mahalliylashtirishga qaratilgan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishning aniq ustuvor yoʻnalishlarini belgilash vazifalari qoʻyildi.
Yaqin vaqt ichida tarmoq birlashmalari rahbarlari tarmoqlarning hozirgi holatini chuqur tahlil qilib, tizimli muammolarni aniqlaydilar va maʼlum boʻlgan muammolarning aniq yechimlarini oʻz ichiga olgan, shuningdek, tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan kompleks dasturlarni ishlab chiqadilar.
Xoʻjalik birlashmalari rahbarlari qisqa muddatlarda tarmoqlarning bugungi holatini chuqur tahlil qilib, tizimli muammolarni aniqlaydi hamda aniqlangan muammolarning aniq yechimlarini oʻz ichiga olgan ushbu tarmoqlarni rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlarni ishlab chiqadi.
Mutasaddi rahbarlarga eksport hajmlarining qoʻshimcha oʻsishini taʼminlash uchun qoʻshimcha zaxiralarni aniqlash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirigʻi berildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.
Shuningdek, tarmoqlar kesimida Oʻzbekistonning 2021-2023-yillarga moʻljallangan investitsiya dasturi va hududiy investitsiya dasturlari ijrosi tanqidiy koʻrib chiqildi. Tasdiqlangan loyihalarni oʻz vaqtida amalga oshirishni taʼminlash va tegishli ishlab chiqarish obyektlarini foydalanishga topshirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Yigʻilish yakunlari boʻyicha mutasaddi rahbarlarga belgilangan vazifalar doirasida qoʻshimcha manzilli topshiriqlar berildi.