Mazkur tumanning “Beruniy” MFY hududida tashkil etilgan agrokompleks maydoni 11,4 gektarni tashkil etadi. Loyihaning umumiy qiymati 30 million dollarga teng boʻlib, shundan 12,4 million dollari toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hissasiga toʻgʻri keladi.

Tashrif davomida oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatish yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga qaraganda, inson sogʻlom boʻlishni istasa, bir yilda 90 kilogrammgacha goʻsht isteʼmol qilishi, uning kamida 5 foizi quyon goʻshti boʻlishi kerak ekan. Buning asosiy sababi quyon goʻshtining parhezbobligi va ekologik jihatdan tozaligidir.