Bugun, 16-mart soat 14:00 dan boshlab, ipoteka kreditlari uchun davlat subsidiyasiga arizalar qabul qilinishi yo‘lga qo‘yildi. 

Prezidentning 2026-yil 27-yanvardagi PF–29-sonli Farmoniga asosan, joriy yilda 30 000 nafar fuqaroga jami 2,7 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Kreditning yuqori miqdorlari qancha?

Toshkent shahri uchun: 480 mln so‘mgacha.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun: 380 mln so‘mgacha.

Kimlar ariza topshirishi mumkin? (Asosiy talablar):

Ball tizimi: Ijtimoiy mezonlar bo‘yicha kamida 30 ball to‘plashingiz lozim.

Uy-joy yo‘qligi: Ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i nomida shaxsiy turar joy mavjud bo‘lmasligi shart.

Daromad chegarasi (oylik o‘rtacha):

Viloyatlarda: 3,4 mln so‘mdan 10,1 mln so‘mgacha.

Toshkent shahrida: 3,4 mln so‘mdan 11,6 mln so‘mgacha. (Bu daromadga yaqin qarindoshlarning daromadini ham qo‘shish mumkin).