Milliy darajada belgilanadigan hissalar (MDBH)ni qayta koʻrib chiqish jarayonini qoʻllab-quvvatlagan holda iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha tadqiqotlar natijalarini tasdiqlash boʻyicha ishchi kengash oʻtkazildi. Unda suv resurslari, qishloq xoʻjaligi va energetika sohalaridagi tadqiqotlar koʻrib chiqildi.
Tadbir BMTTD va Birlashgan Qirollikning Hamdoʻstlik va rivojlanish ishlari boʻyicha Tashqi ishlar vazirligi (FKDO) bilan hamkorlik amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqlim xavfsizligi boʻyicha siyosiy choralar” mintaqaviy loyihasi doirasida oʻtkazildi.
Uchrashuvda Parij kelishuvining asosiy elementi boʻlgan va uning uzoq muddatli maqsadlariga erishishda oʻz hissasini qoʻshadigan milliy darajada belgilanadigan hissalar (MDBH)ning qayta koʻrib chiqishni qoʻllab-quvvatlash jarayonining bir qismi sifatida ilmiy izlanish va uning ahamiyati toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi. MDBH konkret mamlakatlarning milliy darajada issiqxona gazlari tashlanishini kamaytirish va iqlim oʻzgarishi oqibatlariga moslashish boʻyicha saʼy-harakatlarini aks ettiradi.
Qatnashchilar MDBHning issiqxona gazlari chiqarilishini kamaytirish qismida ijtimoiy-iqtisodiy sohaga taʼsirini qayta koʻrib chiqishni baholash natijalari bilan tanishtirdi. Tezlashib borayotgan sanoatlashtirish jarayoni va aholi sonining oʻsishi iqtisodiyotning energiya resurslariga boʻlgan ehtiyojini sezilarli darajada oshiradi hamda atrof-muhitga koʻrsatiladigan salbiy antropogen taʼsirni kuchaytiradi, issiqxona gazlarining tashlanishini oshiradi. Anʼanaviy va qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrtasida mutanosib isteʼmol qilish muammosi va ularning nisbati oʻzgarishini ijtimoiy-iqtisodiy sohaga taʼsiri MDBHni qayta koʻrib chiqish jarayonining asosi hisoblanadi.
Ilmiy izlanish jarayonida iqlim oʻzgarishiga suv havzalari muhitining oʻzgarishini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablardan biri sifatida hamda suv resurslariga bosim oʻtkazuvchi koʻp sonli omillardan biri sifatida qarash kerakligini qayd etildi. Shu bois moslashtirish choralarini koʻzda tutuvchi ssenariylarda nafaqat iqlim oʻzgarishini, balki demografik vaziyat, iqtisodiy oʻsish jadalligi, ovqatlanish borasidagi afzalliklarda va boshqalarda yuz beradigan oʻzgarishlarni ham hisobga olish zarur.