баннер
31 Mar 2025
08:22

    Ish haqi, pensiya va nafaqalar oshishi haqidagi xabarlar rad etildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda ish haqi, pensiya va nafaqalar 1-martdan 10 foizga, 1-avgustdan esa yana 10 foizga, jami 20 foizga oshishi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda ish haqi, pensiya va nafaqalarning 2025-yil 1-martdan va 1-avgustdan 10 foizga oshirilishi toʻgʻrisida xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi.

    Ish haqi va pensiyalar boʻyicha har qanday rasmiy maʼlumotlar tegishli davlat organlarining rasmiy manbalari orqali eʼlon qilinadi.

    Vazirlik ishonchli manbalarga tayanishni va tekshirilmagan xabarlarni tarqatmaslikka chaqirdi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech