баннер
27 Mar 2025
09:20

    “Oylikbot” (chat boti) oʻchirildi

    Buning oʻrniga muqobil sifatida yaratilgan, xavfsiz va foydalanish uchun qulay boʻlgan “Moliyachi” axborot tizimi ishga tushiriladi.

    Telegram ijtimoiy tarmogʻida ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi “Oylikbot” (chat boti) oʻchirildi.

    Buning oʻrniga muqobil sifatida yaratilgan, xavfsiz va foydalanish uchun qulay boʻlgan “Moliyachi” axborot tizimi ishga tushiriladi, deya xabar qiladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati.

    Qayd etilishicha, mazkur dastur ishga tushirilgandan soʻng, xodimlar bevosita ish haqi va boshqa zarur maʼlumotlarni dasturdan yuklab olish imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin.

    Dasturning ishga tushirilishi haqida rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarimizda qoʻshimcha axborot taqdim etiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech