“I.O.” 2014 yilning fevral oyida mavsumiy ishlash maqsadida Rossiya Federatsiyasiga boradi va Internet tarmog‘i orqali xalqaro terroristik tashkilotlar a’zolari bilan aloqaga kirishadi.
Natijada ularning ta’siri ostida “I.O.” yashash manziliga qaytib kelib, ikki nafar farzandini ota-onasiga qoldiradi hamda rafiqasi bilan birga 2015 yilning mart oyida Ukraina orqali dastlab Turkiyaga, so‘ngra Suriya hududiga o‘tib, “Islom davlati” xalqaro terroristik tashkiloti safiga qo‘shiladi.
Shu ta’riqa u 2015-2021 yillar davomida Suriya va Iroq davlatlaridagi terroristik tashkilotlar safida jangovar harakatlarda qatnashadi.
Shuningdek, u joriy yilning sentyabr oyida Markaziy Osiyo davlatlarining birida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan qo‘poruvchilik harakatida ishtirok etishi lozim edi.
Hozirda “I.O.”ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
DXX matbuot xizmati