Unda Oʻzbekiston va ITB oʻrtasida hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish, mamlakatimizda ishlab chiqilayotgan yirik loyihalarni imtiyozli moliyalashtirish, xotin-qizlar va yoshlarni qoʻllab quvvatlash hamda texnik-gumanitar yordamlarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Anas Aysam soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda kuzatilayotgan misli koʻrilmagan oʻzgarishlar dunyo mamlakatlari tomonidan katta qiziqish bilan kuzatib borilayotganini aytib oʻtdi.
Oʻzbekiston va ITB hamkorligi boʻyicha 2018-2022-yillarga moʻljallangan strategiya muvaffaqiyatli amalga oshirilgani inobatga olinib, 2022-2026-yillar uchun ana shunday strategiya ishlab chiqilgani maʼlum qilindi.
Tomonlar istiqbolda transport, logistika, taʼlim, qishloq xoʻjaligi, suv, atrof-muhit, chorvachilik, obod qishloq va boshqa yoʻnalishlardagi loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari boʻyicha fikr almashdilar.
Oʻzbekistonda xotin-qizlar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan muhim dasturlar eʼtirof etildi va ularda ITB ishtirokini kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Bundan tashqari mazkur bank tomonida amalga oshirilayotgan loyilar ijrosini doimiy tarzda monitoring qilib borish va istiqboldagi qoʻshma loyihalarni muhokama qilish uchun ITB vakillarining Oʻzbekistonga amaliy safarini tashkil etish toʻgʻrisida kelishib olindi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.