Tomonlar ITBning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bo‘yicha mamlakat strategiyasi bandlarini ijro etish jarayonini ko‘rib chiqdilar. Qayd etilishicha, jalb etilgan investitsiyalar hajmi belgilangan rejalarga to‘g‘ri keladi va 2026-yil yakuni bo‘yicha 1,2 milliard dollarlik umumiy ko‘rsatkichning 50 foizini tashkil etadi. Shu bilan birga, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha loyihalar ITB ITFCning sho‘ba korxonasi – Xalqaro Islom savdo va moliya korporatsiyasi tomonidan muddatidan ikki yil oldin amalga oshirilyapti, va bugunga kelib umumiy hajmning 90 foizini tashkil etadi.
Energetika, transport infratuzilmasini rivojlantirish, irrigatsiya va suv resurslarini boshqarish, ta'lim va sog‘liqni saqlash sohalarida DXSh tamoyillari bo‘yicha birgalikda shakllantirilgan yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar muhokama etildi.
ITB rahbariyati loyihalarni, jumladan, «yashil» iqtisodiyotga o‘tish doirasida innovatsiyalar va texnologik modernizatsiyaga qo‘shimcha mablag‘lar ajratish orqali kelgusida har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.