Ispaniyaga tashrif buyurishni istagan sayyoh avvalo mamlakatga kirishdan kamida 14 kun oldin to‘liq emlash siklini o‘tganini tasdiqlashi kerak. Buning uchun QR kodini ishlab chiqaradigan maxsus dastur orqali internetda so‘rovnoma to‘ldiriladi. Ushbu hujjat mamlakatga ketishdan oldin ham, pasport nazoratidan o‘tayotganda ham taqdim etilishi kerak.
Shuningdek, 7 iyundan boshlab Ispaniya mamlakat portlarida kruiz kemalarini qabul qilishga ruxsat berdi. Shu bilan birga, Braziliya, Hindiston va Janubiy Afrikadan kelgan sayyohlar ushbu mamlakatlardagi og‘ir epidemiologik vaziyat tufayli Ispaniyaga kira olmaydi.