Joriy yil 10-mayda adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramovning Isroil Davlati Advokatlar uyushmasining (Uyushma) rais oʻrinbosari I. Natovich boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida M. Ikramov delegatsiya vakillariga Adliya vazirligining faoliyat yoʻnalishlari haqida, Oʻzbekiston Respublikasida norma ijodkorligi, huquqiy xizmat koʻrsatishni amalga oshirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlar haqida maʼlumot berdi.

Tomonlar oʻz davlatlarining sud-huquq va advokatura tizimlari, ularning ishlash mexanizmlarini muhokama qilib, bu borada oʻzlarini qiziqtirgan masalalar boʻyicha fikr almashdilar.

Isroil Davlatining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Zehavit Ben Hillel xonim taklifiga koʻra tomonlar istiqbolda ikki davlat oʻrtasida sud-huquq sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv doʻstona ruhda oʻtdi, deb xabar beradi Adliya vazirligi matbuot xizmati.