Tashrifi davomida, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Isroil Davlati Hukumati oʻrtasida Isroil Davlatining mehnat bozoridagi maxsus sektorlarda oʻzbekistonlik ishchilarni vaqtinchalik ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi Bitim va ushbu Bitimni amalga oshirish bayonnomasi imzolandi.
Mazkur hujjatlar tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan va Oʻzbekiston fuqarolarini Isroil Davlati hududida tashkiliy, xavfsiz va qonuniy mehnat olib borishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.