Isroilda istiqomat qilayotgan oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

    Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatdagi vaziyat tufayli Isroilda boʻlib turgan vatandoshlarimizga bir qator tavsiyalar berdi.

    Bu haqda Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.

    Isroildagi mavjud xavfsizlik vaziyati munosabati bilan Oʻzbekiston elchixonasi mamlakatda boʻlib turgan oʻzbekistonliklarga quyidagi ehtiyot yana bir bor choralarini koʻrishni qatʼiy tavsiya qiladi:

    1. Isroilning ayrim hududlariga borishdan saqlanishni.

    2. Isroil hukumati va Oʻzbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib borishni va Isroil front orti qoʻmondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar (Home Front Command) mobil ilovasi yoki veb-sayti havolasini telefonlariga oʻrnatishini.

    3. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va Oʻzbekiston elchixonasining aloqa maʼlumotlarini doimo oʻzi bilan olib yurishni.

    Favqulodda vaziyatlarda bu sizga tezroq yordam olishga yordam beradi.

    4. Imkon qadar ommaviy yigʻilishlar joyini chetlab oʻting va jamoat joylariga tashrif buyurishdan cheklanishga chaqirdi.