Bugun, 5-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov “Isroil aerokosmik sanoati” (Israel Aerospace Industries) konserni shtab-kvartirasining marketing va biznesni rivojlantirish boʻyicha bosh direktori Yevgeniy Sheynin bilan uchrashdi.
Uchrashuvda fuqaro aviatsiyasi sohasida xizmatlar koʻrsatish yoʻnalishida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Xususan, “Uzbekistan Airways Technics” aviakorxonasida samolyotlarga texnik xizmat koʻrsatish, havo kemalari dvigatellarini taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish yoʻnalishida oʻzaro hamkorlikdagi loyihalarni yoʻlga qoʻyish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan hamkorlik yoʻnalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldilar.
Transport vazirligi Axborot xizmati