Taʼkidlash lozimki, xalqaro reyting koʻrsatkichlari yilda bir marotaba yangilanadi. “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ 2023-yilning yanvar oyida ilk bora “BB-“ “Barqaror” kredit reytingi bilan baholangan. 2024-2025-yillarda ham, ushbu “BB-“ “Barqaror” kredit reytingini saqlab qolishga erishildi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJga mazkur darajani berishdan avval “Fitch Rating” xalqaro reyting agentligi mutaxassislari tomonidan bir yil davomida jamiyatning faoliyati tahlil qilindi.
“BB-“ darajasi kredit xavflari mavjud boʻlishi mumkin ekani, biroq kompaniya investorlar va kreditorlar oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajara olishini bildiradi.
Shuningdek, mazkur reyting, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJni jahon investitsiya bozorlarida aniq va ravshan biznes strategiyasiga, shaffof moliyaviy holatiga va kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega korxona pozitsiyasini saqlab qoladi.