Issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha hech qanday cheklovlar mavjud emas — Energetika vazirligi

    Ijtimoiy tarmoqlarda issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha cheklovlar oʻrnatilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirdi.

    Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqxona xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2024-yil 26-sentyabrdagi 339–son qaroriga muvofiq, issiqxonalar tabiiy gaz uchun toʻlovlarni amalga oshirgan holda foydalanishlari mumkin boʻlib, ularga tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha hech qanday cheklovlar mavjud emas.

    Yaʼni, issiqxona egalari belgilangan toʻlovlarni amalga oshirib, tabiiy gazdan foydalanishlari mumkin.

    Maʼlumot uchun: issiqxona xoʻjaliklariga hosil yilining dastlabki 3 oyida (oktyabr, noyabr va dekabr) yetkazib beriladigan tabiiy gaz uchun oldindan toʻlov 50 foiz miqdorida, qolgan qismi oy yakuniga qadar, keyingi oylardan boshlab esa har oyda 100 foiz oldindan toʻlov amalga oshiriladi.