Suhbat davomida Oʻzbekiston-Kipr munosabatlarining bugungi holati, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga koʻmaklashishga qaratildi.
Tomonlar iqtisodiy hamkorlikning ijobiy dinamikasini qayd etdilar. Oxirgi yillarda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi va qoʻshma korxonalar sonining ortishi kuzatilyapti. Investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishni ragʻbatlantirishga oʻzaro tayyorlik bildirildi.
Maʼlumot uchun: 2023-yil yakuniga koʻra Oʻzbekiston-Kipr oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 8 barobar oshdi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda Kipr sarmoyasi ishtirokida 80 ta, jumladan, 54 ta 100 foizlik Kipr kapitaliga asoslangan korxona faoliyat yuritib keladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorliklarini tasdiqladilar, shuningdek, oʻzaro savdoni yanada oshirish va diversifikatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga kelishdilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.