Mazkur koʻrik-tanlovda 150 dan ortiq 17 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan jismoniy imkoniyati cheklangan oʻquvchi-yoshlar oʻz isteʼdodlarini namoyon etishdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha hududlardan saralangan 46 nafar Respublika bosqichi  ishtirokchilari orasidan gʻoliblar aniqlandi. 

Tanlovning 8 ta — “Eng yaxshi cholgʻu ijrochisi”,  “Eng yaxshi anʼanaviy xonanda”, “Eng yaxshi estrada xonandasi” “Eng yaxshi opera xonandasi”, “Eng yaxshi nazm”, “Eng yaxshi tasviriy sanʼat”, “Eng yaxshi haykaltarosh”, “Eng yaxshi dizayn loyiha” yoʻnalishi gʻoliblari diplom va qimmatbaho sovhalar bilan taqdirlandi.

Respublika bosqichining qolgan  qatnashchilariga esa munosib ishtiroklari uchun  tashakkurnomalar topshirildi.