IT maktablari bitiruvchilari mamlakatdagi IT markazlarda oʻqishni davom ettirishlari mumkin.

    Raqamlashtirish 23 Iyul 2021 1310

    Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

    IT- Parkda 147 ta IT-Markaz ochilgan boʻlib, unda 40 255 dan ortiq kishi taʼlim olgan. Ushbu IT markazlarining ochilishi tufayli 294 dan ortiq ish oʻrni yaratildi. Joriy yilda IT markazlar sonini 205 taga yetkazish rejalashtirilgan.

    Shuningdek, “One Million Uzbek Coders” keng koʻlamli loyihasi ishga tushirildi, unda ikki yil davomida 469 260 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtdi, 246 587 talaba guvohnoma va 176 883 nafari bitiruvchilar sertifikat oldi.

    “One Million Uzbek Coders” – IT-Park tomonidan yaratilgan bepul taʼlim platformasi boʻlib, Dubai Future Foundation jamgʻarmasi bilan birgalikda malakali xalqaro ekspertlar videodarslarini bepul oʻrganish orqali maʼlumotlar tahlili, frontend va backend dasturlashning asosiy tushunchalarini, shuningdek, mobil ilovalar yaratishni bepul oʻrganish imkonini beradi.

    Bundan tashqari, ikki yil ichida Guliston, Margʻilon, Andijon, Samarqand, Jizzax, Navoiy va Buxoro kabi viloyatlarda IT-Parkning 7 ta filiali ochildi. IT-mutaxassislarga yuqori sifatli infratuzilmani taʼminlash uchun Oʻzbekistonda (har bir hududda bittadan) jami 14 ta IT-Park filiallarini ochish rejalashtirilgan.

    IT-Parkning har bir filiali uzluksiz elektr taʼminoti, tezkor internet, konditsioner, yongʻin xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya uskunalari va xavfsizlik bilan taʼminlangan. IT-Parkda mutaxassislarga qulay va unumli mehnat qilish uchun barcha sharoit yaratilgan.