Maqsadli kredit kimga moʻljallangan?
Maqsadli kreditga IT-taʼlim sohasida faoliyat yurituvchi IT Park rezident kompaniyalari ega boʻlishlari mumkin. IT-taʼlimdan tashqari, majburiy shartlar sirasiga taʼlim kursi talabalari uchun ishga joylashish kafolati ham kiradi.
Maqsadli kredit qay tarzda olinadi?
Buning uchun ariza beruvchi shaxs (kompaniya):
• ariza shaklini va ariza beruvchining anketasini toʻldirishi;
• biznes-reja tayyorlashi;
• garov, uchinchi shaxs kafolati yoki sugʻurta shaklida taʼminlangan boʻlishi;
• davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va taʼsis hujjatlarining nusxalarini taqdim etishi;
• ariza beruvchining qayta tashkil yetish, tugatish yoki bankrotlik bosqichida yemasligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;
• ariza beruvchining moliyaviy ahvolini oʻrganish uchun zarur boʻlgan Markaz tomonidan soʻralgan boshqa hujjatlarni, shu jumladan qarzdorligi yoʻqligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi zarur.
Arizalarni IT-taʼlimni rivojlantirish markaziga tashrif buyurgan holda topshirish lozim, hujjatlar markazning maxsus tashkil etilgan Ekspert kengashi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Taqdim etilajak kredit miqdori kompaniyaning nechchi nafar mutaxassis tayyorlash va qancha talabalarni ishga joylashtirishni maqsad qilganligi bilan bogʻliq. Kreditning muddati va yillik foizi Ekspert kengashining xulosasiga qarab belgilanadi.
"Qoʻshimcha maʼlumot uchun +998973019995 telefon raqamiga yoki it-bilim@it-park.uz elektron manziliga murojaat qiling", deyiladi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabarida.