“NamanganTechSummit” doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Namangan shahar hokimi Gʻofir Jamalov va rezident hamda frilanserlar uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda IT- Park rezidentlari uchun imkoniyatlar, IT boʻyicha davlat tomonidan berilayotgan taʼlim kreditlari, bilgi.uz platformasi, IT-sohada talab yuqori boʻlgan kasblarni egallash jarayoni boʻyicha yoshlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash dasturlari, taʼlim olish uchun toʻlovlarni amalga oshirish borasida qulay sharoitlar yaratish haqida maʼlumotlar berildi.
Shuning bir misolida IT xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga ishga joylashgan IT taʼlim markazlariga har bir mutaxassis uchun 25 million soʻmgacha, nogironligi boʻlgan yoshlar uchun 35 million soʻmgacha subsidiya ajratish tizimini yoʻlga qoʻyish va uni amalga oshirishning samarali mexanizmlari ishlab chiqilgani taʼkidlandi.
Uchrashuv soʻngida IT-Park rezidentlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha savol-javoblar boʻlib oʻtdi.