Yangi tashkil etilayotgan Yangiobod texnologiyalar o'quv markazi (IT park Jizzax viloyat mintaqaviy markazi Yangiobod filiali)da faoliyat ko'rsatishni istayotgan tuman yoshlari, kompyuter savodxonligi, kibersport, veb dasturlash, veb dizayn, mobil robototexnika va grafik dizayn kabi yo'nalishlarda tuman hokimiligi homiyligi asosida o'qitiladi.

IT park Jizzax viloyat mintaqaviy markazining 1 oylik o'quv kursida o'qishni istagan har bir yosh uchun tuman hokimligi mablag'lari hisobidan 400 ming so'mdan to'lov amalga oshirib beriladi.