“Corriere della Sera” ning xabar berishicha, soʻnggi besh oy mobaynida Italiyada taxminan 1,5 million kishi koronavirus bilan kasallangan. Bu koʻrsatkich avvalgisidan olti baravar koʻp ekani maʼlum boʻlgan.

Farq shundaki, hozirgi kunga qadar Italiyada holatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar faqat koronavirus uchun oʻtkazilgan testlar natijalari asosida olingan.

Endilikda mamlakat shifokorlari COVID-19 ga qarshi kurashish uchun italiyaliklarning qonida qancha antitanachalar borligini tekshirib koʻrishgan.