Italiyalik investorlar Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini kengaytirishni rejalashtirdi

    Agrosektor 19 May 2022 1253

    Joriy yil 18-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov “Berlusconi Finanzaria” investitsiya jamgʻarmasi Prezidenti Paolo Berluskoni hamda “Energy System” kompaniyasi prezidenti Roberto Tuchchi bilan uchrashdi.

    Uchrashuv chogʻida italiyalik tadbirkorlar tomonidan Oʻzbekistonda investitsiyaviy faoliyatni yoʻlga qoʻyish va kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Italiya tomoni energetika va maishiy chiqindilarni qayta ishlash sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi. Shuningdek, Oʻzbekiston hududlarida yetishtiriladigan zaʼfaron hajmini oshirish rejalari bildirildi. Bu, oʻz navbatida, oʻzbek fermerlarining ushbu mahsulot bilan savdo qilishda xalqaro bozorda mavqeini mustahkamlaydi va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratadi.

    Tomonlar ushbu loyihalarni hayotga joriy etishni tezlashtirish maqsadida ularni amalga oshirish bilan bogʻliq barcha masalalarni batafsil koʻrib chiqdilar hamda tezkor yechimlari boʻyicha oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqdilar.

    Uchrashuv yakunida koʻrib chiqilgan loyihalarni ilgari surishni jadallashtirish maqsadida faol aloqalar va muntazam muloqotni davom ettirishga kelishildi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.