Qayd etilishicha, “Uzcosmos” agentligining Davlat kosmik monitoringi dasturi doirasida olib borilgan kuzatishlar natijasida iyun oyining bugungi kuniga qadar Respublikaning 10 ta viloyatida 639 ta mana shunday salbiy holat boʻyicha 5350 gektar maydon noqonuniy tarzda yoqib yuborilgan.
Kosmik tahlillar hududlar kesimida quyidagicha taqsimlanmoqda.
- Toshkent viloyatida 27 ta holat 413,5 gektar;
- Sirdaryo viloyatida 32 ta holat 341,9 gektar;
- Jizzax viloyatida 7 ta holat 74,9 gektar;
- Buxoro viloyatida 16 ta holat 96,3 gektar;
- Andijon viloyatida 248 ta holat 2345,7 gektar;
- Fargʻona viloyatida 13 ta holat 66,2 gektar;
- Namangan viloyatida 3 ta holat 36,7 gektar;
- Surxondaryo viloyatida 253 ta holat 1823 gektar;
- Xorazm viloyatida 31 ta holat 99,5 gektar;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasida 9 ta holat 52 gektar.
Mazkur vaziyatlar boʻyicha tezkor axborotlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ekologiya, atrof – muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda boshqa tegishli idoralarga yuborilgan.
“Uzcosmos” agentligi boshoqli don ekinlaridan boʻshagan maydonlarni tez va arzon yoʻl bilan yoʻq qilib yuborishga boʻlgan harakat Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha jarimalar qoʻllanilishiga sabab boʻladi. Zarar miqdori katta boʻlgan taqdirda hattoki jinoiy javobgarlikkacha olib borishi mumkinligini eslatdi.
Eslatib oʻtamiz, “Uzcosmos” agentligi ushbu holatlarni sunʼiy yoʻldosh suratlari orqali kunlik monitoring qilib boradi, — deyiladi xabarda.