Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat safarida boʻlib turgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov mazkur uchrashuvda onlayn ravishda ishtirok etdi.

Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari J. Maqsudov va Vazirlik Markaziy apparatining rahbar-xodimlari ham qatnashdi.

Taʼkidlash lozimki, bugungi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda bir nechta loyihalarni amalga oshirib kelyapti.

Uchrashuv davomida sohani yanada takomillashtirishga qaratilgan dolzarb masalalar va istiqbolli yoʻnalishlar muhokama qilindi. Tomonlar loyihalarni hamkorlikda samarali davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.