Jahon rekordlari tasdiqlandi

    Sport 2 Iyul 2020 9923

    Xalqaro yengil atletika federatsiyasi 2020-yilning ilk oylarida oʻtkazilgan xalqaro musobaqalarda qayd etilgan natijalar asosida yangilangan jahon rekordlari mundarijasini koronavirus pandemiyasi sababli eʼlon qilmagan edi.

    Kuni kecha 2020-yilda oʻrnatilgan rekordlar xalqaro federatsiya tomonidan tasdiqlandi. Langarchoʻpga tayanib sakrash boʻyicha erkaklar oʻrtasida shvetsiyalik Armand Dyuplantisning fevral oyida Polshada oʻtkazilgan xalqaro turnirda koʻrsatgan natijasi (6.17 metr) rasman jahonning yangi rekordi, deya eʼtirof etildi. Shuningdek, yengil atletikaning boshqa yoʻnalishlaridagi natijalar ham sarhisob qilindi. Qoʻyida ularning roʻyxatini keltirib oʻtamiz. Bu 30-iyungacha boʻlgan vaziyat.

    Yoʻnalish: Langarchoʻpga tayanib sakrash (erkaklar)
    Yangi rekord: 6.17 m
    Avvalgi rekord: 6.16 m (Reno Lavileni)
    Muallif: Armand Dyuplant (Shvetsiya)
    Musobaqa: Copernicus Cup (Polsha)

    Yoʻnalish: 5 000 metr (erkaklar)
    Yangi rekord: 12:51 minut
    Avvalgi rekord: 13:22 (Robert Keter)
    Muallif: Joshua Keptegi (Uganda)
    Musobaqa: Monaco Run (Monako)

    Yoʻnalish: uch hatlab sakrash, yopiq inshootda (Ayollar)
    Yangi rekord: 15.43 metr
    Avvalgi rekord: 15.36 (Tatyana Lebedeva)
    Muallif: Yulimar Roxas (Venesuela)
    Musobaqa: Villa de Madrid Indoor Meeting (Madrid)

    Lang Leng Osiyo oʻyinlarining musiqiy elchisi

    Xitoyning Xanchou shahrida 2022-yili oʻtadigan XIX Osiyo oʻyinlarining musiqiy kompozitsiyasi uchun tanlovning birinchi bosqichi joriy yilning 30-noyabrigacha boʻlib oʻtishi haqida xabar bergan edik.

    Bugun “Xanchjou-2022” tashkiliy qoʻmitasi xitoylik mashhur pioninachi Lang Lengni XIX Osiyo oʻyinlarining reklama elchisi, deya eʼlon qildi.

    2008-yilgi Pekin, 2012-yilgi London va 2016-yilgi Rio olimpiadalarining hamda bir qator Osiyo oʻyinlarining musiqiy dasturlari ishtirokchisi hamda xitoylik pianinachilar orasida birinchilardan boʻlib Yevropa konsert zallarida koʻylari yangragan Lang uchun bu albatta olamshumul voqelik emasdir. Ammo xitoylik musiqachining bunday sharafga loyiq koʻrilishi Osiyo musiqa olamida oʻziga xos shov-shuvlarga sabab boʻldi.

    Bundan bir hafta muqaddam ushbu Osiyo oʻyinlarining badiiy dasturi haqida soʻzlagan Osiyo olimpiya kengashi prezidenti shayx Ahmad al Sabax “2022-yilgi oʻyinlarning musiqiy jamlanmasi nafaqat Xitoy, balki butun qitʼa xalqlarining tillarida jaranglashi lozim”ligini bildirgandi. Ammo “Xanchjou-2022” tashkiliy qoʻmitasi Lang timsolida xitoyliklarga “uloq”ni sovgʻa qildi chogʻi..

    Toʻlqin ROʻZIYEV.